Quddusda politsiya bilan to‘qnashuv bo‘ldi, 180 kishi jabrlandi
Ma’bad tog‘idagi al-Aksa masjidi oldidagi Isroil politsiyasi bilan sodir bo‘lgan to‘qnashuvlarda 180 falastinlik jarohat oldi, deya xabar beradi Quddus Qizil yarim oy idorasi.
"Jabrlanganlarning sakson nafari Quddusdagi kasalxonalarga yetkazildi va Qizil yarim oy xodimlari orasida ham jarohatlanganlar bor", deyiladi bayonotda.
O‘z navbatida politsiya masjidga harbiy kuchlarni jalb qilgani, atrofga snayperlarni joylashtirgani va falastinliklarni Al-Aqso hududidan siqib chiqarish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatgani haqida xabar berdi Falastinning Wafa agentligi. Bir necha kishi hibsga olingan.
Sharqiy Quddusda to‘qnashuvlar bir necha kundan beri davom etmoqda. Ular oldin Isroil sudi qaroriga binoan bir necha arab oilalari quvib chiqarilgan Shayx Jarrah mahallasidan boshlandi va 7 may kuni kechqurun yuzlab dindorlar yig‘ilgan Ma’bad tog‘iga o‘tdi. Qizil yarim oy jamiyati ma’lumotiga ko‘ra, so‘nggi kunlarda 300 ga yaqin falastinlik jarohat olgan. Isroil politsiyasi kamida 17 nafar jarohat olgan huquq-tartibot xodimlari haqida xabar berdi.
Bugungi Quddus kuni – olti yillik urushdan keyin shaharning sharqiy qismi Isroil qo‘liga o‘tganligi nishonlanadi. Odatda bu kunda bayroqlar ko‘tarilgan an’anaviy yurish bo‘ladi. Ammo bu safar politsiya yahudiylar uchun Ma’bad tog‘iga kirishni yopdi. Shundan so‘ng Marokash darvozasida tartibsizliklar boshlandi.