Qurilish ishlarini vaxta usulida amalga oshirish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan (636-son, 09.10.2020 y.) Uzoq masofada joylashgan va muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ob’yektlarda qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishning vaxta usuli to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

🔰Vaxta usuli qurilayotgan ob’yektlar korxonadan uzoq masofada joylashgan sharoitda ishlarni mehnat resurslaridan foydalanish asosida tashkil qilish shakli hisoblanadi.

🕔 Tashkilot joylashgan joydan ish joyigacha yetib olish va u yerdan qaytish uchun xodimlar 3 soatdan ko‘proq vaqt sarflaydigan bo‘lsa yoki favqulodda vaziyatlarda, tashkilotlarning rahbarlari ishlar vaxta usulida bajarilishini tashkil etishga haqli.

🤝 Ishlarni vaxta usulida tashkil etish haqidagi qaror kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishilgan holda tashkilot rahbari tomonidan qabul qilinadi.

🚶‍♂️Xodimning vaxtaga jo‘natilishi xizmat safari hisoblanmaydi.

👉 Vaxtaning davomiyligi bir oydan oshmasligi lozim.

👉 Vaxta xodimlari ob’yektda bo‘lgan davrda maxsus tashkil qilinadigan vaxta shaharchalarida istiqomat qiladi.

👉 Vaxta usulida bajarish uchun mo‘ljallangan ishlarning aniq hajmlari va turlari pudratchi hamda buyurtmachi tomonidan qurilishni bajarish uchun pudrat shartnomasi tuzilayotganda, subpudratchi tashkilotlari uchun esa subpudratchi shartnomasi tuzilayotganda belgilanadi.

👉 Vaxta usulida bajariladigan ishlarga 18 yoshga to‘lmagan ishchi va xizmatchilar, homilador ayollar va 3 yoshga to‘lmagan farzandlari bo‘lgan ayollar jalb qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.