Registon maydonida milliy va jahon musiqasining noyob durdonalari yangradi

 Ochiq osmon ostida o‘tgan konsertda musiqa ixlosmandlari O‘zbekiston milliy simfonik orkestri - “OPEN AIR. Silk road simfony”ning musiqiy ijrosidan bahramand bo‘lishdi.

Konsertda mumtoz musiqalar bilan birga serenadalar, mashhur operalardan ariyalar tomoshabinlar e’tiboriga havola etildi.

– Milliy simfonik orkestrning viloyatimizga kelib konsert berishi ajoyib tuhfa bo‘ldi, – deydi samarqandlik Ziyoda Ortiqova. – Bu kabi konsertlarning o‘tkazilishi yoshlarda milliy va jahon musiqasiga qiziqishni oshirishga xizmat qiladi. Chunki musiqa insonni ezgulikka, go‘zallikka undaydi. Ushbu konsertdan so‘ng endigina maktab ostonasiga qadam qo‘ygan qizim ham musiqa to‘garagiga qatnashishni diliga tugdi.

Tadbirda viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov ishtirok etdi.

Bahriddin XONKELDIYeV.