Registon maydonini o‘rab turgan "Karimov devori" buziladimi?
- 15.04.2020 16:23
- 924
- Samarqand
Madaniyat vazirligi matbuot-xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva OAVlarda paydo bo‘lgan Registon maydonining orqa qismida 2006 yilda qurilgan devorning buzilishi haqidagi mish-mishlarga izoh berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Ushbu devor tarixiy maydonni eski shahar qismidan ajratish uchun qurilgan bo‘lgan.
Madaniyat vazirligi vakili so‘zlariga ko‘ra, Samarqand shahar hokimligidan devorning buzilishi yoki rekonstruksiyasi haqida idoraga shu paytga qadar hech qanday talabnoma kelib tushmagan.
Qolaversa, shaharning tarixiy qismi, tarixiy yodgorliklar mavjud hududlardan 300 metrgacha bo‘lgan masofa "bufer hudud" hisoblanib, Madaniyat vazirligi himoyasida bo‘ladi va O‘zbekiston madaniy merosining bir qismi hisoblanadi.
Shu bois bu kabi qarorlar faqatgina Madaniyat vazirligi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.