Rossiya qo‘g‘irchoq teatri Samarqandda
A.Chexov nomidagi rus drama teatrida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Rossiya madaniyat vazirligi vakili Vladimir Cherkasov, Sergey Obrazsovning nevarasi, rejissyor Yekaterina Obratsova teatr faoliyati, qo‘yiladigan spektaklning muvaffaqiyati to‘g‘risida viloyatimizda faoliyat yuritayotgan teatr san’ati xodimlari hamda OAV vakillariga ma’lumot berdi.
- Bizning bugungi tashrifimizdan maqsad Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi madaniyat va do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, - deydi Ye.Obrazsova. – Teatrimiz 1931 yilda Sergey Obrazsov tomonidan tashkil etilgan. Bobom teatrga o‘zining hayotini bag‘ishlagan. Bugungi kunda jamoada 300 dan ortiq aktyorlar mehnat qiladi. Shahringizga 34 nafar aktyorlar jamoasi hamda 50 dan ortiq qo‘g‘irchoqlar bilan tashrif buyurdik.
Bolalar uchun sahnalashtirilgan, Samuil Marshak qalamiga mansub «Koshkin dom» spektakli ham samarqandlik yosh tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.
Ma’lumot o‘rnida: «Neobiknovenniy konsert» spektakli teatrning tashrif qog‘ozi bo‘lib, 10 ming martadan ortiq sahnaga qo‘yilgan. «Ginnesning rekordlar kitobi»ga kiritilgan.