Rossiya: rasmiylar dron hujumi haqida xabar berishdi, neft ombori yonmoqda

Rossiyaning Kursk viloyatida uchuvchisiz uchuv apparati aerodromga hujum qilgani, neftt ombori yonayotgani haqida bugun ertalab Kursk viloyati gubernatori Roman Starovoit OAVga ma’lum qilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar yo‘q.

Kursk viloyatida joylashgan Kursk-Vostochniy aeroporti harbiy va fuqarolik sudlari tomonidan qo‘llaniladigan qo‘shma aerodromdir. 24 fevraldan buyon yo‘lovchi reyslarini qabul qilmaydi.

Bir kun avval dronlar Ryazan viloyatidagi Dyagilevo va Saratov viloyatidagi Engels aerodromlariga hujum qilgan. RF Mudofaa vazirligi bu hujumni faqat kechqurun tan oldi. Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, uch nafar askar halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan. Taxminlarga ko‘ra, harbiy aerodromlardagi portlashlar Ukraina uchuvchisiz apparatlar hujumlari natijasida sodir bo‘lgan.

Harbiy idoraning rasmiy vakili Igor Konashenkovning so‘zlariga ko‘ra, hujumdan maqsad "Rossiyaning uzoq masofali samolyotlarini ishdan chiqarish". U hodisa oqibatida ikkita samolyotga zarar yetganini tasdiqladi: ularning “korpusi biroz shikastlangan”.

Ukraina Mudofaa vazirligi Rossiya hududidagi voqealarga izoh bermagan.