Rossiyada koronavirusga qarshi choralar kuchaytirildi
- 27.10.2020 22:50
- 226
- COVID-19
Rossiyaning Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish va inson farovonligini nazorat qilish bo‘yicha federal xizmati (Rospotrebnadzor) aholini jamoat joylarda (transportda, parkovka va liftlarda) niqob taqishga chaqirdi.
Rospotrebnadzor quyidagilarni tavsiya qildi:
➖ ko‘ngilochar tadbirlardan voz kechish va kafelarning faoliyatini soat 23:00 dan 06:00 gacha to‘xtatish;
➖ jamoat transportida, taksilarda, do‘konlarda, restoranlar va teatrlarda dezinfeksiyani ko‘paytirish;
➖ hududlarda 100 ming aholiga kamida 150 ta koronavirusga test olish.
Eng og‘ir vaziyat Moskva shahrida kuzatilmoqda. Poytaxt aholisiga niqob va qo‘lqop rejimiga rioya qilishlari talab etilmoqda. Ayrim xodimlar va o‘rta maktab o‘quvchilari masofadan ishlash va o‘qishga o‘tgan. Pensionerlar va surunkali kasalliklarga chalingan qariyalar iloji boricha uyda qolishlari tavsiya etilgan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- 56 daqiqa avval
- Mutolaa
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- 3 soat avval
- Mutolaa
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 19:57
- O'qing, qiziq!
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand