Saakashvili o‘tirgan qamoqxonaga maxsus kuchlar joylashtirildi
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili joylashgan qamoqxonada maxsus kuchlar otryadining paydo bo‘lishi odatdagi rotatsiya bilan bog‘liq, deb yozadi “RIA Novosti” respublika ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga tayanib.
Avvalroq Gruziyaning “Pirveli” telekanali Gruziya sobiq rahbari jazoni o‘tayotgan Rustavi shahridagi qamoqxona hududida maxsus kuchlar brigadasi paydo bo‘lgani haqida ma’lumot tarqatgan edi.
“Tabiiyki, xodimlar vaqti-vaqti bilan almashib turadi. Bugun esa rotatsiya vaqtida OAV buni kameraga yozib oldi”, deyildi jurnalistlarga boshqarmada.
Hukmron “Gruziya orzusi” partiyasi rahbari Irakliy Kobaxidze shanba kungi saylovlarda Mixail Saakashvili sog‘lig‘i keskin yomonlashganini imitatsiya qilishga harakat qilinganini tan oldi.
30 oktyabr kuni Gruziya aholisi ikkinchi turda 20 ta shahar va viloyat hokimlari, shuningdek, mahalliy hokimiyat deputatlarini sayladi.
Saakashvili yetti yillik muhojirlikdan so‘ng 1 oktyabr kuni mamlakatga qaytib keldi va darhol politsiya tomonidan hibsga olindi. Sobiq davlat rahbari to‘rtta jinoiy ishda ishtirok etgani uchun va hibsga olinganidan keyin esa chegarani noqonuniy kesib o‘tishda ayblangan.
Hibsda saqlanayotgan Saakashvili norozilik sifatida ovqat yeyishdan bosh tortmoqda. Siyosatchi o‘zining hibsga olinishini noqonuniy deb hisoblaydi va ayblovlarni soxta deb atadi. Uning ochlik aksiyasi deyarli bir oydan beri davom etmoqda.
Avvalroq Gruziya rasmiylari "butun qamoqxona Saakashvilining ochlik e’lon qilganidan kulayotgani, u har kuni bir necha litrlab limonad ichayotganini aytgan edi.