Ochlik e’lon qilganiga 25 kun bo‘lgan Saakashviliga reanimatolog yordam ko‘rsatdi

Qamoqda bo‘lgan Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili ikki marta reanimatologlar yordamiga muhtoj bo‘ldi, deya ma’lum qildi uning advokati Dmitriy Sadzaglishvili.

“24 oktyabr kuni tunda Saakashvilining hayotiy faoliyat ko‘rsatkichlaridan biri xavfli darajaga tushib ketdi va reanimatologlar aralashuviga ehtiyoj tug‘ildi, shundan so‘ng ko‘rsatkichlar barqarorlashdi », dedi advokat jurnalistlarga. Bu konsilium xulosasi va tavsiyasida qayd etilganidek, uchinchi prezident hozir shunday ochlik bosqichiga o‘tmoqdaki, har lahzada uning sog‘lig‘i keskin yomonlashishi mumkin, shuning uchun zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatish kun tartibida bo‘ladi», deya ma’lum qildi advokat jurnalistlarga.

Saakashvilining qamoqxonada ochlik e’lon qilganiga 25 kun bo‘ldi. Avvalroq ham unga tibbiy aralashuv – qon quyish talab etilgan edi. Saakashvilining shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze sobiq prezidentni shahar kasalxonasiga o‘tkazilishini talab qilmoqda.

Sobiq prezident 1 oktyabr kuni bir necha jinoiy ish bo‘yicha Gruziyada, o‘z uyida hibsga olingan edi. Saakashvili bankir Sandro Girgvliani o‘ldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilini kaltaklashda ayblanib, sirtdan sudlangan. Birinchi holatda Saakashvili uch yilga, ikkinchisida - olti yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bundan tashqari, u 2007 yil 7 noyabrdagi muxolifat mitingini tarqatish, “Imedi” telekompaniyasidagi pogrom va davlat byudjeti mablag‘larini talon-toroj qilish bilan bog‘liq ishlarda ishtirok etgan – ular hali sudda ko‘rilmoqda.