Gruziyada Rossiya kemasiga qarshi noroziliklar davom etmoqda
27 iyul kuni Gruziya muxolifati bortida rossiyaliklar bo‘lgan Astoria Grande kruiz kemasining Batumi portiga kirishidan norozi bo‘lib chiqqan edi.
Palau (Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan bog‘langan orol davlati) bayrog‘i ostidagi kema Turkiyaning Miray Cruises kompaniyasi tomonidan boshqariladi va Sochidan Turkiyaga sayohat qiladi.
Gruziya muxolifatiga ko‘ra, bortdagi rossiyaliklarning aksariyati mamlakatning “Okkupatsiya to‘g‘risida”gi qonunini buzganlar. Batumida jurnalistlarning savollariga javob berar ekan, rossiyalik sayyohlar Moskvaning Abxaziya va Janubiy Osetiyaga nisbatan harakatlarini normal deb atagan.
Gruziya dengiz transporti agentligi laynerning kirishi tijorat xarakteriga ega ekanligini aytgan.
Bugun tunda esa Gruziyaning Batumi portida rossiyaliklar bo‘lgan kruiz kemasining kelishiga qarshi norozilik namoyishi o‘tkazgan bir necha kishi politsiya kordonini buzib o‘tishga harakat qilgan. Ular qo‘lga olingan (video — mahalliy OAV).