Gruziya Vazirlar Mahkamasi rahbari mamlakatni urushga tortishga urinishlar davom etayotganini aytdi
Gruziya hukumati rahbari Irakliy Gariboshvilining fikricha, Gruziyani urushga tortishga urinishlar to‘xtamayapti.
"Afsuski, bu mojaroni (Ukrainadagi) qandaydir yo‘l bilan bizning mamlakatimizga ham yoyishga urinishlar bo‘lyapti. Biz Ukraina rasmiylari vakillarining bu mavzudagi bayonotlarini bevosita eshitdik. Ularning maqsadi "ikkinchi front" ochishdir", - dedi Gariboshvili jurnalistlarga.
Uning aytishicha, sobiq prezident Mixail Saakashvili shu maqsadda Ukrainadan Gruziyaga jo‘natilgan.
"Va ko‘plab provokatsiyalar mavjud, ular, afsuski, hozir ham to‘xtamayapti", dedi bosh vazir.
Ayni paytda, Gariboshvilining fikricha, qiyinchiliklarga qaramay, Gruziya hukumati urushdan qochishga muvaffaq bo‘lmoqda.
"Bizning asosiy vazifamiz xalqimiz manfaatlarini himoya qilish va shunday bo‘ladi. Biz faqat mamlakatimiz va xalqimiz uchun zarur bo‘lgan ishni qilamiz va qarorlarni qabul qilamiz", dedi Gariboshvili.