“Samarkand Half Marathon”: 21 kilometr masofaga yugurish uchun start berildi
Samarqand shahrida Samarkand Half Marathon yarimmarafoni boshlandi.
Uning tantanali ochilishida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi, "Samarkand Half Marathon" xalqaro xayriya marafoni tashkiliy qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov, Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov ishtirok etdi va sportchilarga omad tiladi.
Dastlab yarimmarafonga Islom Karimov ko‘chasidan 21 kilometr masofaga yugurish uchun start berildi.
Musobaqa ishtirokchilarini Samarqand shahri aholisi va mehmonlar qo‘llab-quvvatlamoqda.
Eslatib o‘tamiz: havaskorlar o‘rtasidagi bellashuv 15 noyabrgacha davom etadi. Yarim marafonda qatnashish istagida bo‘lganlar shu sanagacha www.samarkandhalfmarathon.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Husan Eltoyev.