Samarqand davlat chet tillar instituti o‘qituvchilariga seminar-trening tashkil etildi

Oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini institut professor-o‘qituvchilariga yetkazish, har bir professor-o‘qituvchida oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasini amaliyotga tatbiq etishda daxldorlik hissini uyg‘otish, har qanday innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, sohadagi mavjud muammolar ustida ilmiy izlanishlar olib borishlari uchun shart-sharoit yaratib berish maqsadida joriy yilning 23-28 dekabr kunlari Samarqand davlat chet tillar institutida seminar-trening tashkil etildi.
Seminar-treningda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Chet tillarni o‘qitishning innovatsiyaviy metodikalarini rivojlantirish respublika ilmiy-amaliy markazining yetakchi olimlari hamda institut professor-o‘qituvchilari qatnashib, keyingi yillarda oliy ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunda institut professor-o‘qituvchilari oldida turgan dolzarb vazifa va topshiriqlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.
Bir hafta davom etgan seminar-treningda institut professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etib, o‘z bilim va tajribalarini yanada oshirdi.
Asilbek ABDURAIMOV.