Samarqand davlat tibbiyot institutida rektor stipendiyasi joriy etildi

Samarqand davlat tibbiyot instituti talabalarini faol yaratuvchanlik ishlariga, yaxshi o‘qishiga ko‘maklashish va munosib rag‘batlantirish maqsadida rektor stipendiyasi joriy etildi. Bu haqda joriy yilning 2 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan institut Ilmiy Kengashida ma’lum qilindi.

Shuningdek, o‘z ustida ishlaydigan, tashabbuskor pedagoglar ham institut tomonidan rag‘batlantiriladi. Ilmiy izlanuvchi pedagoglarning “Skopus“ tizimidagi xalqaro jurnallarda chop qilingan har bir maqolasi uchun 3 million so‘mdan qalam haqi beriladi.

Samarqand davlat tibbiyot instituti axborot xizmati.