Samarqand davlat universitetiga 20 nafar xotin-qiz imtiyozli tarzda o‘qishga qabul qilindi
- 06.10.2020 16:05
- 277
- Ta’lim
Samarqand davlat universitetiga yangi o‘quv yilida 20 nafar xotin-qiz Prezidentimizning 2020 yil 2 martdagi farmoniga muvofiq, davlat granti asosida o‘qishga qabul qilindi.
5 oktyabr kuni universitetga imtiyoz asosida qabul qilingan qizlarni qutlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Oliy ta’lim muassasasi rahbariyati talabalarning xonadonlarida bo‘lib, ularga universitet rektorining tabriknomasi hamda esdalik sovg‘alarini topshirdi.
Universitetga Qoraqalpog‘iston Respublikasidan 1 nafar, Samarqand tumanidan 2 nafar, Payariq tumanidan 3 nafar, Past Darg‘om tumanidan 5 nafar, Qo‘shrabot tumanidan 6 nafar, Ishtixon tumanidan 1 nafar, Bulung‘ur tumanidan 2 nafar xotin-qiz imtiyoz asosida talabalikka qabul qilindi.
Eslatib o‘tamiz: joriy yilda mamlakatimizda 940 nafar xotin-qiz qo‘shimcha kvota asosida talaba bo‘lish baxtiga muyassar bo‘ldi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Qo‘shqo‘rg‘ondagi otishma
- Kecha, 11:54
- Mutolaa