OTMlarga kirish imtihonlari: Ball to‘plash bo‘yicha eng yaxshi va eng qoloq viloyatlar ma’lum qilindi
Mandat.uzbmb.uz saytidagi ochiq ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda jami abituriyentlarning salkam yarmi (49,4%) o‘tish balining eng quyi chegarasi bo‘lgan 56,7 balni ham to‘play olmagan.
Xushnudbek Xudoyberdiyevning ma’lum qilishicha, 56,7 balldan kam to‘plagan abituriyentlarning 70,5 foizi avvalgi yillarda o‘qishni tugatganlar, 29,5 foizi joriy yilgi bitiruvchilar bo‘lgan.
Joriy yilda maktablarni tugatgan 359 ming 790 nafar yoshlar testga kirgan. Shularning 36 foizi (129 ming 609) 56,7 balldan kam to‘plashgan.
2023 yilda eng yomon ko‘rsatkich, Andijon viloyatida (41,9%), eng yaxshi ko‘rsatkich esa Buxoro viloyatida (27,1%) qayd etilgan (jadvalga qarang).
Ya’ni Buxoroda joriy yili maktabni tugatgan o‘quvchilarning 72,9 foizi 56,7 balldan ko‘proq natija ko‘rsatgan.
Samarqand viloyati 8-o‘rindan joy olgan, ko‘rsatkich — 74,05.
Umuman, joriy yilgi maktab bitiruvchilarining o‘rtacha bali 76,1 balni tashkil qilmoqda.
Ushbu natijalar hududlar kesimida ta’lim sifati qayerda yaxshiligini ham ko‘rsatadi.