OTMlarda kontrakt to‘lash muddatlari yangilandi
- 24.11.2025 16:49
- 216
- Ta’lim
O‘zbekistonda davlat OTMlarda kontrakt to‘lash tartibi yangicha belgilandi.
Yangi nizomga ko‘ra:
▪️ 25 foiz — abituriyentlar uchun 15 sentyabrgacha, yuqori bosqichlar uchun 1 oktyabrgacha;
▪️ 50 foiz — 1 yanvargacha;
▪️ 75 foiz — 1 martagacha;
▪️ 100 foiz — 1 maygacha to‘lanadi.
Shu bilan birga, OTM rektori yoki Davlat komissiyasi bu muddatlarni uzaytirishi mumkin.
Kontraktdan tushgan mablag‘lar esa yosh pedagoglar va ilmiy xodimlarni chet elda o‘qitish, stajirovkalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi.