Kontraktning 25 foizini to‘lash muddati 30 oktyabrgacha uzaytirildi
- 23.09.2025 16:46
- 255
- Ta’lim
2025/2026-o‘quv yilida davlat oliy ta’lim tashkilotlariga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun belgilangan to‘lov miqdorining kamida 25 foizini to‘lash muddati 2025 yil 30 oktyabrgacha uzaytirildi.
Shuningdek, respublika oliy ta’lim tashkilotlariga iqtisodiyot tarmoqlarida kamida 5 yil ish stajiga ega bo‘lgan hamda tavsiyanoma asosida suhbat orqali oliy ta’lim muassasalariga qabul qilingan abituriyentlar uchun 2025/2026-o‘quv yilida to‘lov-kontrakt miqdori belgilangan bazaviy to‘lov-kontraktga nisbatan 2 barobar etib belgilanadi.
M.Komilova, O‘zA
Teglar:
to‘lov-kontrakt
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
To‘yga taklifnoma ortidagi tuzoq
- Kecha, 12:44
- Jamiyat
Yo‘l bor. Ammo piyoda qayerdan yuradi?
- Kecha, 11:22
- Jamiyat
100 sentner paxta yetishtirish endi orzu emas
- 14/11, 18:22
- Iqtisodiyot