O‘zbekistondagi 14 ta oliy ta’lim muassasasi Osiyoning top-1000 taligidan joy oldi, ular ichida Samarqanddan ham OTM bor

Malayziyaning Kuala-Lumpur shahrida o‘tkazilayotgan “QS Higher Education Summit Asia Pacific 2023” sammiti doirasida QS reyting tashkiloti Osiyo universitetlarining 2024 yil uchun reyting.

Qayd etilishicha, 2024 yilda Osiyoning eng yaxshi oliygohlari “QS Osiyo universitetlari reytingi 2024” ro‘yxatida O‘zbekistonning 6 ta hududidan 14 ta oliygoh yuqori o‘rinlarda qayd etildi, bunda 6 ta oliygoh reytingdan ilk bor o‘rin egalladi.

Jumladan:

➖Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti — 249-o‘rin;
➖O‘zbekiston milliy universiteti — 301-350-o‘rin;
➖Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti — 405-450-o‘rin;
➖Toshkent davlat texnika universiteti — 501-550-o‘rin;
➖Samarqand davlat universiteti — 601-650-o‘rin;
➖Toshkent axborot texnologiyalari universiteti — 651-700-o‘rin;
➖Toshkent davlat agrar universiteti — 651-700-o‘rin;
➖Toshkent moliya instituti — 701-750-o‘rin;
➖Jizzax politexnika instituti — 751-800-o‘rin;
➖Namangan muhandislik-texnologiya instituti — 751-800-o‘rin;
➖Toshkent davlat pedagogika universiteti — 751-800-o‘rin;
➖Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti — 801-o‘rin;
➖Qoraqalpoq davlat universiteti — 801+ o‘rin;
➖Farg‘ona politexnika instituti — 801-o‘rin;

Joriy yilda xalqaro tan olinganlik darajasi, ilmiy-tadqiqotlar rivoji, ta’lim sifati, xalqaro hamkorlik, akademik mobillik sohalari bo‘yicha Osiyo oliygohlari reytingida 25 ta davlatdan 856 ta (148 ta ilk marta) oliygoh ishtirok etdi.