Samarqanddagi davlat OTMlarga qancha talaba qabul qilinadi?
2024-2025 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kvotalar tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Samarqand viloyatidagi oliy ta’lim muassasalariga quyidagicha kvota taqsimlandi:
Samarqand davlat universitetiga - 2745, SamDU Kattaqo‘rg‘on filialiga - 450, SamDU Urgut filialiga - 350;
O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutiga - 1325;
Samarqand davlat chet tillar institutiga- 995, Payariq xorijiy tillar fakultetiga - 75, Narpay xorijiy tillar fakultetiga - 75;
Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga - 1100;
Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetiga - 2115;
Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutiga - 400;
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetiga - 1200;
Samarqand davlat tibbiyot universitetiga - 800;
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali - 540;
“Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti - 650;
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filialiga - 375 nafar talaba qabul qilinadi.