Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 500 o‘rinli o‘quv binosi quriladi

Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 2020-2021 o‘quv yilidan o‘quv jarayoni ikki smenada tashkil etilganligi hamda o‘quv binolariga bo‘lgan ehtiyojning yuqoriligi sababli Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi 9-uy manzilida joylashgan institut hududida byudjetdan tashqari mablag‘lar hisobidan 500 o‘rinli o‘quv binosi quriladi.

Shuningdek, institutning talabalar kontingenti keskin oshganligini inobatga olib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filialining Samarqand shahar Shohruh Mirzo ko‘chasi, 47-A uy manzilida joylashgan bino va inshootlari tegishli hududi bilan birga operativ boshqaruv huquqi asosida Samarqand iqtisodiyot va servis institutiga beriladi. Bu haqda davlatimiz rahbarining Samarqand viloyatiga qilgan tashrifidagi yig‘ilish bayonida qayd etildi.