"Samarqand – Nantong" biznes-forumi boshlandi
- 05.03.2024 11:11
- 61
- Samarqand
Ayni paytda "Ipak yo‘li" xalqaro turizm markazida Samarqand viloyati hokimligi mas’ullari va Xitoyning Jiangsu provinsiyasining Nantong shahri delegatsiyasi bilan uchrashuvi o‘tkazilmoqda.
Biznes-forum doirasida Nantong shahri xalq hukumati merining o‘rinbosari, Nantong shahri savdo departamenti boshlig‘i, Xayan shahri xalq hukumati merining o‘rinbosari taqdimotlari, shuningdek, V2V uchrashuvlari va ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risida hujjatlarni imzolash marosimi rejalashtirilgan.
Biznes-forumda viloyat hokimining o‘rinbosarlari Rustam Qobilov, Oybek Hamroyev, Kattaqo‘rg‘on shahar hokimi Gavhar Alimova, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi Jamshid Nasriddinov, Samarqand viloyati tadbirkorlari va turistik kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Tadbirkor bo‘lish uchun eng zarur narsa nima?
- 3 soat avval
- Iqtisodiyot
Беморлик билим олишга тўсқинлик қилолмайди
- Bugun, 17:53
- Ta’lim
Ibratga to‘la xazina
- Bugun, 11:31
- Mutolaa