Samarqand shahar hokimi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi

Shu kungacha Samarqand shahri hokimi vazifasida ishlab kelayotgan Furqat Rahimov Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari vazifasiga tayinlandi. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Furqat Jalolovich Rahimov 2017 yilning avgust oyida Samarqand shahri hokimi lavozimiga tayinlangan edi.

Furqat Rahimov shahar hokimligida keng jamoatchilik vakillariga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.