Samarqand shahar kuni munosabati bilan SamDUda ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tmoqda
Tadbir avvalida shahar hokimi F.Umarov barcha samarqandliklarni bayram bilan tabriklab, Samarqand shahridagi o‘zgarishlar, keyingi yillardagi turli ko‘rsatkichlar haqida ma’lumot berdi.
- Bugungi kunda 38 ta xorijiy davlatlardagi shaharlar bilan "Birodar shahar" memorandumlarini imzoladik, - dedi F.Umarov. - Hozirda 17 ta mamlakatning yirik shaharlari bilan birodarlik kelishuvlari ustida ishlar olib bormoqdamiz.
Shahrimizga tashrif buyuruvchi xorijiy sayyohlar soni yetti yil avval 500 mingtaga ham yetmas edi. Hozirda 2 millionga yaqin sayyohlar tashrif buyurmoqda.
Mehmonxonalar soni 96 taga ko‘payib 164 tani, uy mehmonxonalari 319 taga ortib, 351 tani tashkil etadi.
Eksport salohiyati 5 yil davomida 217 million dollariga ortib, 326 million dollarni tashkil qilmoqda. Shahrimizda qiymati umumiy qiymati 507,2 million dollarlik 84 ta investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. Joriy yil yakuniga qadar 19 ta loyihada 400 million dollarlik to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiya o‘zlashtirishni reja qilgan edik. Bugungi kunga qadar 206 million dollarlik xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirildi.
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 11 trillion 81 milliard so‘mga ortib, 14 trillion 843 milliard so‘mni tashkil qilmoqda.
Aholi jon boshiga hisoblasak, 18 million so‘mga ortib, 25 million so‘mga yetdi. Viloyat ko‘rsatkichida birinchi o‘rinda bo‘lib, 45,4 foizni tashkil qiladi.
Xizmat ko‘rsatish hajmi 7 trillion 278 milliard so‘mga ortib, 12 trillion 474 milliard so‘mni tashkil qilmoqda. Aholi jon boshiga hisoblasak, 11 million 538 ming so‘mga ortib, 21 million so‘mga yetdi.