Samarqand shahar Sug‘diyona maskanida daraxtlarga o‘rnatilgan yo‘l belgilari haqida viloyat IIB YHXB javob berdi

2019 yil 24 may kuni Zarnews.uz saytida “Kun fotosi”  sarlavhasi ostida internetga berilgan Samarqand shahar Sug‘diyona maskanida daraxtlarga o‘rnatilgan yo‘l belgilari viloyat IIB YHXB xodimlari tomonidan o‘rganib chiqildi.

O‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

Samarqand shahar aholisining ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash maqsadida Samarqand shahar hokimining 2019 yil 11 fevraldagi 90-F-sonli Farmoyishiga asosan “Samarqand viloyatini obodonlashtirish va farovonligini oshirish jamg‘armasi qoshidagi qurilish va obodonlashtirish direksiyasi” DUKga Samarqand shahar Ali Qushchi ko‘chasida yer qazish ishlarini amalga oshirishga ruxsat berilgan.

Mazkur korxonaning mas’ul xodimlari  tomonidan 2019 yil 24 may kuni DYHXXni xabardor qilmasdan, o‘zlari tushunmagan va yo‘l belgilarini o‘rnatish tartibini bilmagan holda Samarqand shahar Ali Qushchi-Sulaymon Buxoriy ko‘chalari kesishgan chorrahada yer qazish ishlariga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida 4 dona yo‘l belgilarini Ali Qushchi ko‘chasining chetidagi daraxtlarga o‘rnatilganligi aniqlanib, ushbu kamchiliklar zudlik bilan bartaraf etildi.

Ish jarayonida GOST23457-86 “Davlat standarti” talablari asosida harakatni tashkil etish choralarini ko‘rmaganligi, yo‘l belgilarini belgilangan tartibda ustunlarga o‘rnatmaganligi uchun pudratchi tashkilot, Samarqand shahar “Alfa Computers Group” MChJ rahbari A.Yu.Asriyanga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 147-moddasiga asosan chora ko‘rildi.

        

Samarqand viloyati IIB YHXB