Taqiqlovchi yo‘l belgilari o‘rnatilishidan oldin jamoatchilik xabardor qilinadi, yo‘l belgilari dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi

Adliya vazirligi tomonidan yo‘l belgilarini o‘rnatish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi  ishlab chiqildi.

Unda quyidagi tartiblar belgilanmoqda:
Taqiqlovchi yo‘l belgilarini o‘rnatish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinishidan kamida 20 kun oldin jamoatchilik xabardor qilinadi.
Yo‘l belgilari reyestri shakllantiriladi hamda reyestrga kiritilmagan taqiqlovchi yo‘l belgilari huquqiy oqibat keltirib chiqarmaydi.
Yo‘l belgilarining dislokatsiyasi onlayn tarzda e’lon qilib boriladi.
Taqiqlovchi yo‘l belgilari faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, tuman (shahar) hokimining qarori asosida o‘rnatiladi.