Yo‘l harakati qoidalaridagi bir o‘zgarish qolganlariga qaraganda muhimroq va qiziqroq
- 12.05.2019 11:34
- 602
- O‘zbekiston

Bu o‘zgarish aylanma harakatlanish tashkil qilingan chorrahalardagi «o‘ng qo‘l qoidasi» bilan bog‘liq. Ya’ni ko‘pchilikka ma’lum, ilgari alohida yo‘l belgilari bo‘lmasa, standart qoida bo‘yicha «krug»ga kirib kelayotgan haydovchilar ustunlikka ega edi, «krug» bo‘ylab harakatlanayotganlar esa yo‘l berardi.
Kiritilgan o‘zgarishlarga ko‘ra, endilikda «chap qo‘l qoidasi»ga o‘tildi, ya’ni «krug» bo‘ylab harakatlanayotgan haydovchilar aylanaga kirib kelayotganlarga nisbatan ustunlikka ega bo‘ladi.
Suratga qarasangiz, bu qoida yanada tushunarliroq bo‘ladi. Ya’ni ilgari sariq yengil mashina birinchi yurardi, bundan buyon avtobus ustunlikka ega bo‘ladi va «krug»ga kirib kelayotgan haydovchi yo‘l berib, kutib turadi.
Yevropalashyapmiz, shekilli. Bilishimcha, AQSh va Yevropaning ko‘p davlatlarida xuddi shunday qoida amal qiladi, deb yozmoqda Xushnudbek.uz.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
O‘rta asr raketasi
- Kecha, 19:15
- O'qing, qiziq!
Boshqa viloyatlarga samolyotda boramiz
- Kecha, 16:11
- Samarqand