Samarqand shahrida “Ground Zero Coworking” markazi ochildi

Joriy yilning 23 noyabr kuni Samarqand shahrida 3-global tadbirkorlik haftaligi (GEW) doirasida “Ground Zero Coworking” markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
“Ground Zero Coworking” markazi yuqori tezlikdagi internet, muzokaralar xonasi, mini-oshxonaga ega bo‘lib, yoshlarga o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va yetuk mutaxassis bo‘lishida ko‘maklashadi.
Markazda yoshlarga ivent-hududni, muzokaralar xonasini 1 soat, kun yoki 1 oy muddatga ijaraga olish, foydali startap tadbirlarini tashkil etish imkoniyati yaratiladi.
Markazning ochilish marosimida Samarqand viloyati hokimi o‘rinbosari Rustam Qobilov ishtirok etdi.
G‘ofurjon BOBOBEKOV.