O‘z joniga qasd qilgan ayol "ish"i yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan

Viloyat prokuraturasi Kattaqo‘rg‘on shahrida 31 yoshli ayolning vafot etganligi holati yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berdi.

Aniqlanishicha, 2025 yilning 2 iyul kuni Kattaqo‘rg‘on shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.I. turmush o‘rtog‘i G.K.ga nisbatan rahmsiz muomala qilishi hamda uning sha’ni va qadr-qimmatini mutassil ravishda kamsitishi oqibatida G.K. o‘z joniga qasd qilgan.
Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan fuqaro I.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 103-moddasi 2-qismi “a” bandi (o‘zini o‘zi o‘ldirish darajasiga yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, unga nisbatan “qamoq olish” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayoni Samarqand viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.