Samarqand shahrida ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarida o‘rnatilgan temir panjaralar olib tashlanmoqda
- 15.01.2025 17:49
- 115
- Samarqand
Xususan, Gagarin ko‘chasidagi 153-A-sonli ko‘p qavatli uyning tutash hududida ayrim mulkdorlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga zid ravishda o‘zboshimchalik bilan temir panjalar o‘rnatilib, o‘rab olingan edi.
Ushbu holat hududiy Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, Samarqand shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi tomonidan BSK bilan hamkorlikda bartaraf qilindi.
Shu o‘rinda, fuqarolar va tadbirkorlardan ko‘p qavatli uylarning tutash hududlarini o‘zboshimchalik bilan o‘rab olmasliklarini so‘rab qolamiz, deyiladi inspeksiya xabarida.
Teglar:
ko‘p qavatli uylar
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Pilolliklar o‘quvchilarga tuhfa
- Kecha, 18:13
- Ta’lim
Zukko shifokor!
- Kecha, 18:11
- O'qing, qiziq!
Yosh iqtidorlardan xalqaro yutuq: IELTSdan 8 ball
- Kecha, 18:07
- Ta’lim
Raisga Yangi yil maktubi
- Kecha, 14:28
- Samarqand