Samarqand viloyati hokimining QARORI

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining oltmish ikkinchi sessiyasini chaqirish to‘g‘risida

"Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga asosan QAROR QILAMAN:

  1. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi oltmish ikkinchi sessiyasi 2019 yil 27 fevral kuni soat 9:00 da viloyat hokimligi majlislar zalida tuman va shaharlar studiyalari bilan ulangan holda videoselektor tarzida chaqirilsin.
  2. Xalq deputatlari viloyat Kengashining nav­batdagi oltmish ikkinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:
  3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2019 yil 15 fevraldagi KQ-507-III-sonli "Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida"gi qarori haqida.
  4. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tayyorlangan "Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining Samarqand shahridagi ijrosi haqida"gi qaror haqida.
  5. "Samarqand viloyatida turizmni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida" viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayevning hisoboti to‘g‘risida.
  6. "Samarqand viloyatiga investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida" viloyat hokimi o‘rinbosari O.Xodjayevning hisoboti to‘g‘risida.
  7. "Samarqand viloyatida 2018 yil davomidagi davlat organlari va tashkilotlarining norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifatning ahvoli to‘g‘risida" viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Xalilovning axboroti to‘g‘risida.
  8. Boshqa masalalar.

 

Viloyat hokimi                                    E.TURDIMOV

2019 yil 20 fevral