Samarqand viloyati hokimining qarori

«Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 17-moddasiga hamda xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi reglamentining 542-moddasiga asosan QAROR QILAMAN:

I. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi qirq to‘qqizinchi sessiyasi 2018 yil 10 mart kuni soat 10:00 da viloyat hokimligining katta majlislar zalida chaqirilsin.

II. Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining navbatdagi qirq to‘qqizinchi sessiyasi kun tartibiga quyidagi masalalar kiritilsin:

1. Samarqand viloyati hokimi T.Jo‘rayevning 2017 yilda viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng muhim va dolzarb masalalari yuzasidan hisoboti haqida.

2. Samarqand viloyati prokuraturasining 2017 yilda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

3. Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasining viloyatda jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarliklar profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

4. Samarqand viloyati jinoyat, fuqarolik, ma’muriy va iqtisodiy sudlari tomonidan 2017 yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi axboroti haqida.

5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Samarqand mintaqaviy vakilining 2017 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisoboti haqida.

6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 iyuldagi PQ-3129-sonli «Turizm sohasini rivojlantirishda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining mas’uliyatini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori ijrosi yuzasidan viloyat hokimining o‘rinbosari M.Voseyevning axboroti haqida.

7. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi «Adolat» SDP deputatlik guruhi tomonidan tayyorlangan «Samarqand viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalari va maktablarda o‘quvchilar sonining sanitariya-gigiyena talablariga mosligi, umumiy tibbiy xizmatning ahvoli, majburiy dori vositalari hamda toza ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik holatlari to‘g‘risida»gi masala haqida.

8. Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan tayyorlangan «Samarqand viloyat «Suvoqova» davlat unitar korxonasi faoliyati to‘g‘risida»gi masala haqida.

9. Samarqand viloyatining byudjetdan tashqari jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida.

10. Tashkiliy masala.

Viloyat hokimi  T.JO‘RAYEV

2018 yil 28 fevral