Samarqand viloyatida 34 nafar fuqaro koronavirusga chalindi

2020 yil 23 iyul soat 10:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 18531 (+152) nafarni tashkil etmoqda.

🔴Yangi kasallanish holatlarining 37 nafari Toshkent shahrida tana harorati ko‘tarilganligi tufayli profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida, 34 nafar Qashqadaryo viloyatida, yana 34 nafari Samarqand viloyatida, 19 nafari Buxoro viloyatida, 15 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida hamda 13 nafari Farg‘ona viloyatida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

❗️Ayni paytda yurtimizda 9872 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (53 foiz) sog‘aygan.

❗️Hozirda mamlakatimizda 8560 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda. Ulardan 100 nafari og‘ir, 27 nafari esa o‘ta og‘ir ahvolda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.