Samarqandda 102 ta noqonuniy taksi faoliyatiga chek qo‘yildi

Samarqand viloyat transport boshqarmasi hamda Samarqand viloyat IIB yo‘l xarakati xavfsizligi boshqarmasi noqonuniy ravishda yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan shaxslar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida 20-26 iyul kunlari joylarda qo‘shma reydlar o‘tkazdi.

Transport boshqarmasining xabar berishicha, mazkur tadbirlar davomida belgilangan tartibda ruxsatnoma olmay yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 102 nafar haydovchi aniqlanib, ularga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Jumladan, Urgut tumanida 33 ta, Payariqda 25 ta, Ishtixonda 25 ta, Samarqand shahrida 12 ta noqonuniy taksi faoliyati to‘xtatildi.