Samarqandda 14 nafar mahkumning jazosi yengillashtirilib, ozodlikka chiqdi

2020 yil 7 avgust kuni jazo muddatini o‘tab kelayotgan mahkumlar orasidan o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lib, tuzalish yo‘liga o‘tgan 14 nafar mahkumga insonparvarlik tamoyili qo‘llanildi. 

Mahkumlarning tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi JKning 74-moddasiga asosan yengilroq jazo turlari bilan almashtirilib, qamoqdan ozod qilindi va mahkumlar oila a’zolari bag‘riga qaytarildi.

Eslatib o‘tamiz: Jinoyat kodeksining 74-moddasida jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ozodlikdan mahrum etilgan, ozodligi cheklangan yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga nisbatan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga sud jazoning o‘talmagan qismini yengilroq jazo bilan almashtirishi mumkinligi nazarda tutilgan.

Bekzod Jumaboyev,

jinoyat ishlari bo‘yicha 

viloyat sudining sudyasi.