Samarqandda adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Yangi rahbar haqida nimalar ma’lum?
U to‘rt yil (2017-2021 yillarda) Surxondaryo, uch yil (2021-2024 yillarda) Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasida boshliq bo‘lgan.
Ungacha 2008-2017 yillarda Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
1980 yilda Past Darg‘om tumanida tug‘ilgan Salohiddin Ulug‘bekovich Sattorov 2002 yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. 2008 yilgacha Adliya vazirligida turli vazifalarda ishlagan.
Rus va ingliz tillarini biladigan 1-darajali adliya maslahatchisi 2017 yilda "Shuhrat" medali bilan taqdirlangan.
Shu paytgacha Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Salohiddin Nuriyev Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyatini davom ettiradi.