Samarqandda bugun qaysi maktablar an’anaviy tarzda faoliyatini boshlaydi?

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari, o‘qituvchilardan olingan test natijalari hamda xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga ko‘ra, pandemiya sharoitida Samarqand viloyatidagi umumta’lim muassasalarida ta’lim jarayonlarini bosqichma-bosqich boshlash maqsadida 2020 yil 14 sentyabrdan boshlab quyidagi ta’lim muassasalar an’anaviy tarzda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishi rejalashtirildi:

  1. Kattaqo‘rg‘on shahridagi 2-, 3-, 5-sonli maktab.
  2. Bulung‘ur tumanidagi 2-sonli maktab.
  3. Ishtixon tumanidagi 7-, 26-sonli maktablar.
  4. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 2-, 17-, 20-, 27-, 36-, 41-, 50-, 56-, 93-sonli maktablar.
  5. Narpay tumanidagi 50-, 61-sonli maktablar.
  6. Oqdaryo tumanidagi 20-, 12-sonli maktablar.
  7. Past Darg‘om tumanidagi 51-sonli maktab.
  8. Paxtachi tumanidagi 2-, 17-sonli maktablar.
  9. Samarqand tumanidagi 2-, 4-, 6-, 10-, 13-, 14-, 16, 21-, 25-, 33-, 34-, 36-, 39-, 43-, 44-, 54-sonli maktablar.

Ota-onalardan mazkur jarayonga mas’uliyat bilan yondashishlarini, an’anaviy shaklda faoliyatini boshlayotgan maktablar jamoasidan sanitariya qoidalariga qat’iy rioya qilish, farzandlarimiz va yaqinlarimiz salomatligini saqlashlarini so‘raymiz.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.