Samarqandda “El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiyasi uchun saralash test sinovlari bo‘lib o‘tmoqda

“El-yurt umidi” jamg‘armasining 2024 yilgi 1-stipendiya tanloviga nomzodlarni saralash uchun test sinovlari tashkil etildi.

Unda xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish maqsadida hujjat topshirgan 88 nafar talabgor ishtirok etmoqda.

Test sinovida talabgorlarga 30 ta test topshirig‘i (tahliliy fikrlash - 15 ta, IQ yoki ilmiy tadqiqot kompetensiyasi - 15 ta) va ularni ishlash uchun 60 daqiqa vaqt beriladi.

Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazilib, talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ladi.