Samarqandda “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi

Vatanimiz mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri o‘tkazildi. Unda viloyatda faoliyat olib borayotgan 17 nafar yozuvchi va shoir, jurnalistlar, tasviriy san’at namoyandalari, qo‘shiqchi, foto va dizayn ustalari “Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlari bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘lgani aytib o‘tildi.

Taqdirlash tadbirida viloyat hokimining o‘rinbosari R.Qobilov hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist F.Toshev ishtirok etib, barchani bayram bilan tabrikladi va g‘oliblarni taqdirladi.

Yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari, jurnalistlarning publitsistik nashrlari nominatsiyasi bo‘yicha
Norxo‘ja Choriyev – “Az ishqi tu to ishqi Haq” she’riy kitobi uchun;
Tozagul Jumanova – “Mumkiniston mamlakatiga sayohat” nasriy ertaklar kitobi uchun;
Abdualim Sulaymonov – “Zulmat va ziyo” qissasi uchun.

Bosma ommaviy axborot vositalari xodimlarining ijodiy ishlari nominatsiyasi bo‘yicha
Dilmurod To‘xtayev – «Zarafshon» gazetasi muxbiri;
G‘ulom O‘rolov – “Bulung‘ur hayoti” gazetasi muharriri;
Guljahon Mustafoyeva – “Past Darg‘om haqiqati” gazetasi muxbiri.

Internet-jurnalistika nominatsiyasi bo‘yicha
www.kathaq.uz – Kattaqo‘rg‘on tumani “Kattaqo‘rg‘on: kecha va bugun” gazetasi veb-sayti;
www.samarkandnews.uz – Samarqand shahar «Samarqand» gazetasi veb-sayti.

Televideniye va radio ijodkorlarining materiallari nominatsiyasi bo‘yicha
Lutfulla Shomurodov – viloyat teleradiokompaniyasining televideniya guruhi o‘z muxbiri.
Rahima Davirova – viloyat teleradiokompaniyasining radio guruhi maxsus muxbiri;
Sherzod Qahhorov – viloyat teleradiokompaniyasi teleoperatori.

Tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari nominatsiyasi bo‘yicha
Xurshid Xalilov – O‘zbekiston Badiiy ijodkorlar uyushmasi a’zosi, yosh rassom, dastgohli rangtasvirchi;
Mohina Qurbonova – “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi dizayneri;
Bunyodjon Shavkatov – “Tasviriy oyna” ijodiy uyushmasi fotodizayneri.

San’atkorlarning yurtni madh etuvchi kuy va qo‘shiqlari nominatsiyasi bo‘yicha
Bahodirjon Xo‘jayev – «Samarqandim» qo‘shig‘i uchun;
Islomiddin Xudoyberdiyev – “Vatan zikri” qo‘shig‘iga bastalangan musiqasi uchun;
Shuhrat Isaqulov – Kinomotografiya agentligi viloyat hududiy bo‘limi hamkorligida suratga olingan “Umidli dunyo” filmi uchun.

***

O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, bulung‘urlik Xolboy Qosimov viloyat hokimining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.