“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi: Ijod ahli munosib taqdirlandi

Mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlangan “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirokchilar badiiy asarlar, jurnalistik ishlar, internet-jurnalistika materiallari, televideniye va radio ijodkorlarining materiallari, tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari, yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar bo‘yicha bellashdi.

Tanlovda har bir yo‘nalish bo‘yicha 3 nafardan 18 nafar tanlov g‘oliblari aniqlandi.

Tanlov g‘oliblarini viloyat hokimi E.Turdimov tabriklab, diplom va esdalik sovg‘alarini topshirdi.

Tadbir Samarqand viloyat hokimligi, viloyat Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Jurnalistlar ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limlari, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat teleradiokompaniyasi, Badiiy ijodkorlar uyushmasi hamkorligida o‘tkazildi.

- Ijodkor uchun sovg‘a emas, e’tibor muhim, - deydi, “Paxtachi” gazetasi muxbiri Sherbek Boboqulov. – Oz bo‘lsa-da mehnatimizni qadrlagani bizni yanada ilhomlantirdi.

Quyida tanlov g‘oliblari bilan tanishing!

 

“SAN’ATKORLARNING YuRTNI MADH YeTUVChI KUY-QO‘ShIQLARI”

Otabek ABDUALIYeV - “Vatan” qo‘shig‘i uchun (Samarqand shahri);

Umida YoRMUHAMMEDOVA - “Samarqand” qo‘shig‘i uchun, (Samarqand shahri);

Xurshid GADOYeV - “O‘zbekiston” qo‘shig‘i uchun (Narpay tumani).

 

 “TASVIRIY SAN’AT, FOTO ASARLARI VA DIZAYN IShLARI”

Jumaboy ABDURAUFOV - “Badiiy” akademiya a’zosi, grafik rassom;

Fariza XURRAMOVA - Samarqand shahridagi “Karet dizayn” xususiy korxonasi dizayneri;

Manzura NORMAMATOVA - foto va dizayn ishi ustasi.

 

 “YoZUVChI VA ShOIRLARNING BADIIY ASARLARI”

Zuhro EShONQULOVA - “Ishq dostoni” kitobi uchun;

Asadullo ShUKUROV - o‘zbek va tojik tillarida chop etilgan “Donish qishloq hangomalari”, “Xayot varragi” kitoblari uchun;

Yormamat RUSTAMOV – “Mangulikning 30 lahzasi” va “Jibak opaning haqiqatlari” kitoblari uchun.

 

“TELEVIDENIYe VA RADIO IJODKORLARINING MATERIALLARI” uchun

Sirojiddin NIShONOV – viloyat teleradiokompaniyasi muxbiri;

Zebiniso TOG‘AYeVA – viloyat radiosi jurnalisti;

Salohiddin UMIROV – viloyat teleradiokompaniyasi teleoperatori.

 

 “BOSMA OAV XODIMLARINING JURNALISTIK IShLARI”

Yoqubjon MARQAYeV – viloyat “Zarafshon” gazetasi muxbiri;

Abdulla NISOROV – Toyloq tumani “Qo‘shchinor” gazetasi mas’ul kotibi;

Sherbek BOBOQULOV – Paxtachi tumani “Paxtachi” gazetasi muxbiri.

 

“INTERNET NAShRLARI, IJTIMOIY TARMOQLARDA E’LON QILINGAN DOLZARB MATERIALLAR”

Anvar MUSTAFOQULOV – internet-jurnalist;

Viloyat “Ovozi Samarqand” gazetasining www.Ovozi.uz rasmiy veb-sayti jamoasi;

Gulchehra BERDIYoROVA – internet-jurnalist.