“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovida qatnashing!

Samarqand viloyati hokimligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi viloyat bo‘limi, viloyat axborot va ommaviy kommunikatsiyalar boshqarmasi, viloyat madaniyat boshqarmasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo‘limi, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi viloyat bo‘limi, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi, viloyat teleradiokompaniyasi mamlakatimiz mustaqilligining o‘ttiz yilligiga bag‘ishlab “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy tanlovining viloyat bosqichini e’lon qiladi.

 

Tanlovga “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan va 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturining ma’no-mazmuniga muvofiq yaratilgan, xalq bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, inson manfaatlarini ta’minlash, qonun ustuvorligi va sud-huquq tizimidagi islohotlar, tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni mustahkamlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarni hayotiy misollar orqali ochib beruvchi ijodiy asarlar qabul qilinadi.

Shuningdek, tanlovga qabul qilingan materiallarda “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Har bir oila – tadbirkor”, “Yoshlar – kelajagimiz!” davlat dasturlarining ijrosi, mazmun-mohiyati va targ‘iboti aks etganiga alohida e’tibor qaratiladi.

“Eng ulug‘, eng aziz” tanlovi g‘oliblari quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha mukofotlanadilar:

– viloyatdagi yozuvchi va shoirlarning badiiy asarlari;

– bosma OAV xodimlarining jurnalistik ishlari;

– ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan veb-saytlardagi internet-jurnalistika materiallari;

– televideniye va radio ijodkorlarining materiallari;

– tasviriy san’at, foto asarlari va dizayn ishlari;

–  san’atkorlarning yurtni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlari.

Har bir nominatsiya bo‘yicha uchtadan o‘rin ajratiladi.

Tanlovga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:

– muallif va uning professional faoliyati to‘g‘risida qisqacha ma’lumot;

– muallifning fuqarolik pasporti nusxasi;

– tanlovga tavsiyanoma (ish joyi, mehnat jamoasi, ustozlari nomidan);

– muallif manzili va bog‘lanish telefonlari.

Tanlovga 2020 yilning 15 avgustidan 2021 yilning 15 avgustigacha bo‘lgan davrda rasman chop etilgan adabiy-badiiy asarlar, gazeta-jurnallar va internet nashrlarida e’lon qilingan maqolalar, radio va televideniye kanallarida efirga uzatilgan materiallar, namoyish etilgan tasviriy san’at ishlari va foto asarlar joriy yilning 24 avgustigacha qabul qilinadi.

Tanlov g‘oliblari Vatanimiz mustaqilligining o‘ttiz yillik bayramiga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida aniqlanib, 27 avgust kuni qimmatbaho sovg‘alar va diplom bilan mukofotlanadi.

Tanlovga qatnashish uchun buyurtmalar elektron va bosma shaklda ijodiy uyushmalardan, OAV jamoalaridan, sohalar bo‘yicha nodavlat notijorat tashkilotlardan, shuningdek, mustaqil ijodkorlardan qabul qilinadi.

Koronavirus pandemiyasi sababli karantin qoidalaridan kelib chiqib, tanlovga yuboriladigan ijodiy ishlar elektron hamda bosma shaklda +99897-915-23-32, +99893-339-99-84 raqamli telegram hamda Samarqand shahri Ulug‘ Tursunov 80-uy, viloyat Matbuot uyi joylashgan manzil orqali qabul qilinishi yo‘lga qo‘yilgan.

Tashkiliy qo‘mita.