Erto‘lada suv to‘plansa, uni boshqarish organi 24 soatda chiqarib yuborishi shart
Uylarda shovqin darajasi belgilangan sanitariya me’yorlaridan oshmasligi lozim.
Uylar (zinapoyalar, liftlar, chiqindi kamerasi, chiqindilarni to‘plash moslamalari yerto‘lalari va boshqalar), tutash hududlar zaruratga ko‘ra, boshqarish organi tomonidan deratizatsiyalanishi, dezinseksiya va dezinfeksiyalanadi.
Uylarning yerto‘la qismidagi quvurlarda avariya holati yuzaga kelishi natijasida suv yoki oqova suv to‘planib qolsa, boshqarish organi 24 soat mobaynida yerto‘ladagi suv va oqova massalarini chiqarib yuborishi lozim.
Haftada bir marta ko‘p kvartirali uylarning lift xonalari tozalanadi hamda lift uskunalari doimiy texnik monitoring qilinadi.
Quyidagilar taqiqlanadi:
➖yong‘in xavfini keltirib chiqaruvchi uskunalarni balkonlar va lodjiyalarga o‘rnatish;
➖balkonlarda og‘ir buyumlarni saqlash;
➖balkonlar va lodjiyalarning fasad (tashqi) qismlarida kir, kiyim-kechak, gilam va boshqalarni osib qo‘yish (ichki qismi bundan mustasno);
➖uy hayvonlarini umumiy foydalanishdagi joylarda, zinapoyalarda, cherdaklarda, yerto‘lalarda, shuningdek, umumiy foydalanishdagi oshxonalarda, balkonlarda va lodjiyalarda saqlash;
➖kirish yo‘laklarining zinapoya maydonlarida va zinapoyalarning ostida yonuvchi materiallarni saqlash;
➖umumiy issiqlik parametrlariga ta’sir ko‘rsatuvchi qayta rejalashtirish (rekonstruksiya) ishlarini amalga oshirish, qo‘shimcha isitish yuzalariga (isitilmaydigan yuzalar) issiqlik uskunalarini o‘rnatish, shuningdek, umumiy mulk tarkibiga kiruvchi issiqlik tizimlariga o‘zgartirish kiritish.
➖avtotransport vositalarini ko‘p kvartirali uylar va unga tutash yer uchastkalaridagi gazonlar usti, xiyobonlar, bolalar maydonchalari, trotuarlarga, kirish yo‘laklari qarshisiga qo‘yish taqiqlanadi.