Samarqandda “Eng ulug‘, eng aziz” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari e’lon qilindi

Vatanimiz mustaqilligining 31 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Unda faoliyat olib borayotgan yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar, tasviriy san’at namoyandalari, qo‘shiqchilik, foto va dizayn ustalari “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” degan ezgu g‘oyani o‘zida mujassam etgan asarlari bilan ishtirok etishdi. 

Ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir 30 avgust kuni Samarqand shahridagi viloyat Matbuot uyida o‘tkazildi.

Quyidagilar “Eng ulug‘, eng aziz” an’anaviy ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi 2022 yilgi g‘oliblari deb e’lon qilindi.

“SAN’ATKORLARNING YuRTNI MADH ETUVChI KUY-QO‘ShIQLARI” NOMINATsIYaSI BO‘YIChA

Alimardon MO‘MINOV - “Shukrona” qo‘shig‘i uchun (Nurobod tuman madaniyat bo‘limi xonandasi);

Ravshan SULTONOV - “O‘zbekiston” qo‘shig‘i uchun, (Oqdaryo tuman madaniyat bo‘limi xonandasi);

Baxtigul KUShANOVA - “Vatan” qo‘shig‘i uchun (O‘zbekiston davlat filarmoniyasi Samarqand viloyat bo‘linmasi salisti).

“TASVIRIY SAN’AT, FOTO ASARLARI VA

DIZAYN IShLARI” NOMINATsIYaSI BO‘YIChA

Nuriddin ISAYeV - “Badiiy” akademiya a’zosi, rang tasvirchi, rassom;

Mansur YuNUSOV - “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Toyloq tuman bulimi boshlig‘i, dizayner;

Sobir XUDOYBERDIYeV – “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi Urgut tuman bulimi ish boshqaruvchisi, dizayner.

“YoZUVChI VA ShOIRLARNING BADIIY ASARLARI” NOMINATsIYaSI BO‘YIChA

Jumagul SUVONOVA – O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi “Samarqandnoma” (Tarixiy biografik doston) kitobi uchun;

Do‘stbek SULAYMONOV - O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi “Cho‘qqilarga intilib” hikoyalari hamda “Salom qani?” hajviyalar kitoblari uchun;

Gulruh MO‘MINOVA – Viloyat “Zarafshon” gazetasi maxsus muxbiri “Nafosatning qudrati” suhbatlar va publitsistik maqolalar kitobi uchun.

“TELEVIDENIYe VA RADIO IJODKORLARINING MATERIALLARI”  NOMINATsIYaSI BO‘YIChA

Abdurasul AShUROV – viloyat teleradiokompaniyasi muxbiri;

Diloro G‘OZIYeVA – viloyat radiosi muxbiri;

Shorasul NIZOMOV – viloyat teleradiokompaniyasi tasvirchisi.

“BOSMA OAV XODIMLARINING JURNALISTIK IShLARI” NOMINATsIYaSI BO‘YIChA

Quvondiq HALILOV – Samarqand shahar “Samarqand” gazetasi muxbiri;

G‘oliblarni taqdirlash marosimida viloyat hokimi ishtirok etdi.