Samarqandda “FIZIKA - 2024” III  xalqaro forumi o‘z ishini boshladi

Samarqand davlat universitetida o‘tkazilayotgan mazkur anjumanda AQSh, Ozarbayjon, Ruminiya, Rossiya, Belorusiya, Qozog‘iston va respublikamizning ilmiy tekshirish institutlari, oliy ta’lim muassasalari vakillari, olimlar ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi, O‘zFA Yadro fizikasi instituti, Samarqand davlat universiteti, Muhandislik fizikasi instituti hamkorlikda tashkil etilgan forumda materiya va koinotning tuzilishi, kondensirlangan holat fizikasi, amaliy fizika yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar natijalari muhokama qilinadi.

Forum 25 aprelga qadar davom etadi.