Samarqandda ilk bor «Silk road bazaar» milliy festivali bo‘lib o‘tadi

Qadim sharq bozorlari an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan festivalda Toshkent, Qashqadaryo, Marg‘ilon hamda viloyatimizning 80 nafardan ortiq hunarmandlari o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etadi.

Tadbir mehmonlariga savdo yarmarkalari, folklor etnografik jamoa va estrada xonandalari chiqishlari, teatrlashtirilgan tomoshalar namoyish qilinadi.

Festival joriy yilning 26 avgustigacha soat 18.00 dan 23.00 gacha bo‘lib o‘tadi. Unga xorijlik sayyohlar ham jalb qilingan.