Samarqandda katta miqdordagi pirotexnika savdosiga chek qo‘yildi
- 19.12.2021 11:19
- 120
- Samarqand
Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari Qo‘shrabot, Jomboy, Bulung‘ur va Samarqand tumanlarida pirotexnika vositalari savdosiga qarshi kurashish maqsadida tadbirlar olib bordi.
Tadbir davomida Qo‘shrabot tumanida yashovchi A.N., Payariqda yashovchi S.A., Jomboy tumanida yashovchi E.L. va R.M., Bulung‘ur tumanida yashovchi A.A., Urgut tumanida yashovchi F.N. hamda Samarqand tumanida yashovchi I.B.lardan qiymati qariyb 19,5 million so‘m bo‘lgan 14 880 dona “Britanik” va “Trenya” hamda 18 dona “Noviy vek” (salyut) pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan olib qo‘yildi.
Ayni paytda ushbu holatlar bo‘yicha yuqoridagi shaxslarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Samarqandda “smart avtobekat”lar o‘rnatiladimi?
- Kecha, 18:17
- Samarqand
Shafqatsiz hayvonlar
- Kecha, 18:07
- O'qing, qiziq!
Hayot tuprog‘iga qorishgan oltin
- Kecha, 16:05
- Mutolaa
Yonimizdagi soxta mehribonlar
- Kecha, 16:05
- Mutolaa