Katta miqdorda pirotexnika vositasi sotmoqchi bo‘lgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ochildi

DXX Samarqand viloyati boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari hamkorlikda tadbir o‘tkazdi.

Unda 1990 yilda tug‘ilgan, Samarqand shahrida yashovchi T.F. sotish maqsadida olib qo‘ygan taxminiy bahosi 1 milliard so‘mga yaqin jami 21 turdagi 1 903 dona pirotexnika vositalarini yashirin ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ashyoviy dalil tariqasida olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, fuqaro T.F. o‘zining qaynakasi, 1976 yilda tug‘ilgan S.R.ning Samarqand shahar, Galaosiyo mahallasida joylashgan yashash xonadonida 21 turdagi “7 shots”, “Volk”, “3D”, “Salyut”, “MERAS 25 PALMERAS”,“Oryol”, “Koroliyevskiy salyut”, “Solovey razboynik” kabi pirotexnika vositalarini sotish maqsadida saqlab kelgan. Tadbir davomida ushbu pirotexnika vositalari ashyoviy dalil tariqasida hujjatlashtirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro T.F.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.