Samarqandda ko‘p ming hajmda noqonuniy pirotexnika, dori vositalari, ovchilik uskunalari va bir dona dron utilizatsiya qilindi

Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi va Samarqand shahar bo‘limi tomonidan yurtimiz hududiga fuqarolar va ayrim tadbirkorlar tomonidan noqonuniy olib kirilayotgan va tegishli hujjat hamda ruxsati mavjud bo‘lmagan mahsulotlar belgilangan tartibda yo‘q qilindi.

Byuroning Samarqand shahar bo‘limi davlat ijrochisi Elmurod Karimovga ko‘ra, ijro hujjatlari asosida ko‘p miqdoridagi tovar-moddiy boyliklar hamkor tashkilotlar va xolislar ishtirokida zararsizlantirilgan.

Belgilangan tartibga ko‘ra aksiz markalanmagan juda ko‘p miqdordagi umumiy qiymati 17 million so‘mga teng bo‘lgan 901 quti 33000 dona pirotexnika vositalari, 811 ming so‘mlik ovchilar asboblari, 5 million 600 ming so‘mlik 1800 dona dori tebletkalari, 260 dona tibbiyot buyumlar shular jumlasidan.

Shuningdek, mamlakat hududiga noqonuniy ravishda olib kirilmoqchi bo‘lgan bir dona uchuvchisiz uchish apparati ham belgilangan tartibda yoqib yuborilgan.