Samarqandda mamlakatimizdagi ilk fotoelektrostansiya quriladi

Fransiyaning «Total Eren» kompaniyasi 150 million yevro sarflab, Samarqandda 100 MVt kuchga ega bo‘lgan fotoelektrostansiya quradigan bo‘ldi.

“O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ bilan tuzilgan davlat sherikchiligi asosidagi shartnomaga muvofiq fransuz kompaniyasi loyihalash, moliyalash hamda qurib foydalanishga topshirish ishlarini olib boradi. Fotoelektrostansiyaning qurilishi 2020 yilning birinchi choragida boshlanadi.

“Total Eren” kompaniyasi bilan bunday hamkorlikka Prezident Sh.Mirziyoyevning 2018 yil oktyabr oyida Fransiyaga qilgan rasmiy tashrifida kelishilgan edi.

“Total Eren” qayta tiklanuvchi energetikani barpo etish bo‘yicha jahondagi yirik kompaniyalaridan biri bo‘lib, uning mutaxassislari 2400 MVt quvvatgacha bo‘lgan fotoelektrostansiyalarni qurish bo‘yicha qator loyihalar ustida ish olib bormoqda.