Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqandda necha bosh yirik shoxli qoramollar mavjud?

2020 yilning 1 iyul holatiga ko‘ra, barcha toifadagi xo‘jaliklarda yirik shoxli qoramollar bosh soni 2019 yilning mos davriga nisbatan 127,4 ming boshga ko‘payib, ularning umumiy soni 12 611,8 ming boshga yetdi.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, respublikadagi jami yirik shoxli qoramollar bosh sonining 93,4 foizi dehqon (shaxsiy yordamchi) xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri keladi.

Yirik shoxli qoramollar umumiy bosh sonining eng asosiy ulushi quyidagicha:

Qashqadaryo viloyati – 12,4 %

Samarqand viloyati – 12,2 %

Buxoro viloyati – 9,6 %

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8,7 %